Rustam Lutfullin boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar JCH-2026 saralash uchrashuviga tayinlov oldi

Administrator
8 may 2024, 21:54
Hakamlarimiz Janubiy Osiyo tomon safar qiladilar.

Xabaringiz bor, Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi Jahon chempionati saralashidan o'rin olgan Xitoy - Yaman uchrashuviga tayinlov olgani haqida ma'lumot bergan edik.

Saralashning ikkinchi bosqichidan o'rin olgan Indoneziya – Filippin bellashuvida ham hamyurtlarimiz ish olib boradi. Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlar jamoasiga mazkur qiziqarli bahs ishonib topshirildi, unga qanotlarda Andrey Sapenko hamda Timur Gaynullin yordam bersa, yana bir vakilimiz Aziz Asimov zaxira hakami vazifasini bajarishi ko'zda tutilgan. 

Quyida ular boshqaradigan uchrashuv ma'lumotlari bilan tanishing:

 JCH-2026 saralashi, 2-bosqich | Osiyo mintaqasi, “F” guruhi

Indoneziya – Filippin

11.06.2024 |19:30

Hakamlar:

Rustam Lutfullin

Andrey Sapenko

Timur Gaynullin

Aziz Asimov

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: ЎзФҲМ матбуот хизмати