Rustam Do'rmonov: "Bosh murabbiylikdagi debyutimi birinchi ligada o'tkazdim"

Narzulla Saydullayev
29 apr 2016
O'zbekiston birinchiligi 6-turidan o'rin olgan “UzDongJu” - “Xotira-79” uchrashuvidan so'ng “Xotira-79”jamoasi bosh murabbiyi Rustam Do'rmonov fikrlari bilan qiziqdik:

“Avvalambor ”UzDongJu”jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Shogirdlarim o'yiniga hech qanday etirozim yo'q. Yaxshi o'yin ko'rsatishdi, faqat yaratilgan vaziyatlardan foydalana olishmadi. O'yin so'ngida to'p o'tkazib yubordik, nima ham derdim ishlashda davom etamiz.

Bosh murabbiylikdagi debyutimi birinchi ligada boshlayapman, ortda qolgan o'yinlardan  so'ng mening fikrim, bu ligida ham ancha o'sish bor. O'yinlar shiddatli, qizg'in  kurashlarga boy  tarzda  bo'lib o'tmoqda

Jamoaning asosiy maqsadi chiroyli o'yinlar ko'rsatib muxlislarni xursand etish -deya so'zini yakunladi Rustam Do'rmonov.

“UzDongJu” matbuot xizmati





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia