Rustam A'zamov bilan Timur Vasilev “Andijon” yig'iniga qo'shiladi

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2016, 11:00
O'z qarorgohida yig'in olib borayotgan “Andijon” safiga shu kunlarda yangi futbolchilarning kelishi kutilmoqda.

Muxlislarga “Lokomotiv” va “Navbahor”dagi faoliyati orqali yaxshi tanish bo'lgan iqtidorli himoyachi Rustam A'zamovga “burgutlar” taklif bilan chiqqan. 24 yoshli futbolchi o'tgan mavsum dastlab “Sho'rtan” safidan o'rin olgandi. Ammo keyinchalik jiddiy jaroxatga yo'liqib, g'uzorliklar bilan xayrlashishga qaror qilgan.
Undan tashqari andijonlik ishqibozlarga yaxshi ma'lum bo'lgan Timur Vasilev ham yana jamoaga qaytayotganini aytish lozim. O'tgan mavsumning birinchi qismini “burgutlar” tarkibida o'tkazib, ammo keyinchalik “Futbol-MED” tibbiy ko'rigidan muvaffaqiyatli o'ta olmay, majburan jamoani tark etgan futbolchi uchun aftidan hammasi ortda qolgan ko'rinadi.

Ma'lumot uchun A'zamov bilan Vasilev o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini qo'shni Qirg'izistonda, O'shning “Oloy” jamoasida o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia