Rustam Ashurmatov Koreyaning boshqa klubiga o'tishga yaqin

Narzulla Saydullayev
24 dek 2020
O'zbekiston terma jamoasi va "Kvanju" klubi himoyachisi Rustam Ashurmatov faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishga yaqin.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Ashurmatov K1 Liga ishtirokichisi bo'lgan "Kanvon" klubida davom ettiradi.

Hamyurtimiz ikki yil davomida "Kvanju" safida to'p tepdi.

"Kanvon" klubi 2008 yilda tashkil topgan, o'z uy o'yinlarini 20000 tomoshabinga mo'ljallangan "Chunchon Songam" stadionida o'tkazadi. 2020 yilgi mavsumda klub K1 Ligada 7-o'rinni egalladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia