

"Xudoga shukur g'alaba qozondik. O'ylagan rejalarimiz amalga oshdi. Golli vaziyatlardan unumli foydalandik va himoyada yaxshi o'ynadik. Raqib ham yomon o'ynagani yo'q, shunchaki ularga o'yin bermaslikka harakat qildik".
"Tarkibdagi o'zgarishlar o'yinimizga hech qanday ta’sir ko'rsatgani yo'q. Barcha yigitlar bilan mashg'ulotlarda birga ishlaymiz, ko'rgan bo'lsangiz hech qanday tushunmovchilik bo'lgani yo'q".
"Sariq kartochka olgan vaziyatga kelsak, to'g'risi taktik fol edi. Raqib qarshi hujumga o'tib ketayotgani uchun hujumni to'xtatish uchun shunday qilishga majbur bo'ldim. Lekin hakam o'sha vaziyatda kartochka bermasa ham bo'lardi", - deydi Rustam Ashurmatov.
Narzulla Saydullaev




