Rustam Abdullaev: "Penaltidan gol urganimizda o'yin butkul boshqacha bo'lardi"

Narzulla Saydullayev
26 sen 2015, 08:06
“Qo'qon-1912” – “Qizilqum” uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot-anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Rustam Abdullaev qatnashdi.
"Ozgina hayajon bor edi. Bu o'yinga ko'p narsa bog'liq edi. Hozir ochko yo'qotadigan vaziyat emasdi. Shunga qarab tayyorgarlik ko'rgandik. Penaltini golga aylantirganimizda vaziyat boshqacha bo'lardi.  Penaltidan keyin ham tushukunlikka tushmadik. Buning uchun yigitlarga rahmat aytmoqchiman, - deydi Abdullaev.
 
- Vaziyatlardan foydalinishda biroz sustkashlikka yo'l qo'yishdi. Buni qanday baholaysiz?
- Bugungi o'yinda tezkor o'yinchilarimiz yetishmadi. Vaziyatlardan foydalanish borasida ishlar olib borilmoqda.  Bunungi bahsda Usmonov va Haydarovlar yetishmadi. Keyingi o'yinlarda ham muxlislarimizni xursand yetishga harakat qilamiz.

 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz