

"O'yinni yaxshi boshladik, bizda ikkita yaxshi vaziyat bo'ldi. O'shanda gol urganimizda o'yin umuman boshqacha bo'larmidi. "Nasaf" esa mamlakatimizning eng kuchli klublaridan biri hisoblanadi. Ular vaziyatlardan foydalanishdi va g'alaba qozonishdi. Hakamlar haqida gapirishni istamayman. To'g'ri o'yin tugagach hissiyotlar bilan ularga baqirib yubordim. Bu hammasi hissiyotlardan. Ulardan uzr so'radim. Jamoam bugun imkon qadar o'ynadi, ammo bu "Nasaf"ni engishga etarli emas", - deydi Rustam Abdullaev.



