Rustam Abdullaev: "Inqirozdan chiqib ketishimizga ishonaman"

Narzulla Saydullayev
26 iyun 2015, 21:47
"So'g'diyona" - "Qo'qon-1912" (2:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Rustam Abdullaev qatnashdi.
- Avvalo raqibni bugungi g'alaba bilan va Jizzax ahlini yangi stadion bilan tabriklayman.

- "So'g'diyona" bilan bungacha ikki bor o'ynadik. Shundan kelib chiqib g'alaba maqsadida taktika ishlab chiqqandik. Ammo ko'p vaziyatlarda nimadir yetishmadi. Sardor Eminov birinchi taymda birga-bir vaziyatda gol urganida o'yin surati o'zgarib ketishi ham mumkin edi. Juda alam qildi bu vaziyat.

- Penaltiga kelsak, buni bermasa ham bo'lardi nazarimda. 50x50 vaziyat edi. Hakamlar ishini nazoratchi ko'rib chiqar. Albatta penalti ham ruhan ta’sir qildi.

- Hali oldimizda yana bir qator o'yinlar bor. Yigitlarga ishonaman. Ular bilan inqirozdan chiqib ketamiz.

- Qo'qonlik ishqibozlarimizni xursand qilmoqchi edik. Baribir bo'lmadi. Yigitlar hozir ruhiy o'raga tushub qolgan. Bu vaziyatdan chiqib ketish uchun bitta g'alaba kerak. Keyin hammasi yaxshi bo'lishiga ishonaman.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia