Rustam Abdullaev: “ G'alabani muxlislarga bag'ishlaymiz”

Narzulla Saydullayev
31 okt 2015, 07:52
“Neftchi” – “Qo'qon-1912” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumaning birinchi qismida jamoamiz ustozi Rustam Abdullaev ishtirok etdi.

"Bugungi g'alabani muxlislarimizga bag'ishlaymiz.  Bugun har ikki jamoa ham mulxislarbop  o'yin namoyish  etishdi. Futbolda gohida shunday bo'lib turadi. Yaxshio'ynab mag'lubiyatga uchrash mumkin.  Bugun omadimiz kelib qarshi hujumda raqibni dog'da qoldirdik".

-“Qo'qon-1912” kuchli jamoalarga qarshi o'zgacha ishtiyoq bilan o'ynashmoqda.  Masalan,  “Lokomotiv” bilan bo'lgan irodali durang bunga misol bo'lsa oladi. Shogirdlaringizni qanday ruhlantirmoqdasiz.
- Kuchli  jamoalarga qarshi futbolchilarni ruhlantitrish shart emas, deb  o'ylayman.  Ular o'zlarini  ko'rsatish  uchun borlarini berishadi. Bugun esa kuchli ishtiyoq evaziga uch ochkoni  qo'lga kiritdik.

- Bugungi g'alabani kimga bag'ishlaysiz?
- Avvalo bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga bag'ishlayman. Keyin ertaga klubimiz vice-prezidenti, bosh  direktori Baxtiyor Tolipovning tug'ilgan kuni. Ushbu g'alabani shu kishiga bag'ishlaymiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz