Ruslan Melziddinov "Sho'rtan" yig'inida ishtirok etmoqda
24 iyul 2017, 10:06
Birinchi davrada Qo'qonning "Qo'qon-1912" jamoasida faoliyat olib borgan Ruslan Melziddinov jamoani tark etgani haqida xabar bergan edik.
Yarim himoyachi ayni paytda "Sho'rtan" jamoasi yig'inida ishtirok etmoqda. Melziddinov "Sho'rtan" klubiga o'tish yoki o'tmasligi hozircha ma'lum emas. Futbolchi va jamoa o'rtasidagi muzokaralar haqida hozircha hech qanday ma'lumot yo'q.