Rus futboli uchun yana bir sankciya!

Mirjalol Normatov
2 may 2022, 23:49
Rus klublari yana bir bor evrokuboklardan chetlatildi.

UEFA qaroriga ko'ra, RPL klublari YCHL, Yevropa ligasi va Konferenciyalar ligasida ishtirok etmaydi. Shuningdek, ayollar o'rtasidagi YCHL va UEFA yoshlar ligasida ham rus klublari qatnashmaydi.

Rossiya milliy terma jamoasi Millatlar ligasida ishtirok etishdan chetlatilgan. Ayollar termasi esa Evro-2022ni o'tkazib yuboradi va JCH-2023 saralashida qatnashmaydi.

Rossiya olimpiya, yoshlar termasi, mini-futbol bo'yicha termalar ham diskvalifikaciya qilingan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com