Runi yozda "Napoli"ga o'tishi mumkin edi

Aslanov Jasurbek
17 dek 2016
"Manchester Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi yozda "Napoli"ga o'tishi mumkin edi.

"Qizil iblislar" ustozi Joze Mourinyo joriy mavsum oldidan Runini asosiy tarkibda ko'rmayotgan edi.

Italiyalik agent Vinchenco Morabitoning so'zlariga ko'ra, Runi yozda "Napoli"ga taklif etilgan.

"U "Napoli"ga taklif etilganini bilaman. Runi va Mourinyo o'rtasidagi munosabatlar yaxshi emas" - deydi Morabito.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Squawka