Runi so'nggi o'rtoqlik uchrashuvida safga qaytadi

24 iyul 2013, 15:54
Devid Moyes "MYU"ning ushbu mavsumlar oralig'idagi turnesining so'nngi o'yinida jamoa hujumchisi Ueyn Runi safga qaytishiga umid bog'layapti.
Runi "MYU"ning ushbu turnesida biror o'yinda ishtirok eta olmadiyu U jamoa bilan Bankokga uchgan bo'lsa-da, jaroxat olib, ortga qaytishiga to'g'ri kelgandi. Biroq hozirga kelib tiklanish jarayoni yakuniy pallaga kirgan va kelasi oy avvalida, Shvetsiyaning "AIK" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydoga tushishi mumkin.

"Ueyn sportzalda qattiq ishladi va u "AIK"ga qarshi o'yinda maydonga qaytishga tayyor", - dedi Moyes "qizil iblislar" rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Qo'shimcha sifatida shuni aytish mumkinki, ushbu o'yin 6 avgust kuni bo'lib o'tadi.

Manba: manutd.com