Runi: “Ronaldu oldingidek emas, MYUga yosh futbolchilar kerak”

Eldor Akmurzayev
5 apr 2022, 08:40
MYU sobiq forvardi Ueyn Runi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

- Jeymi Karrager mavsum boshidan buyon Ronalduni “Manchester Yunayted”ga qaytgani xato qaror bo'lganini aytib kelmoqda. Bunga fikringiz qanday? O'zini oqladimi?

- Xo'sh, ayni dam “yo'q” deb aytib bo'lmaydi. U gol urdi, mavsum startida Chempionlar Ligasida muhim to'plarni kiritdi, “Tottenxem” bilan o'yinda xet-trikka erishdi.

Biroq, klubni kelajagini o'ylaydigan bo'lsak, “Manchester Yunayted” yuksalishi uchun yoshroq, g'alabaga chanqoq futbolchilarga tayanishi lozim.

Shubhasiz, Krishtianu oldingidek emas. Bu bo'lib turadi, bu futbol.

Ha, u gollar urishga qodir, lekin boshqa jihatdan jamoaga yosh hamda g'alabaga chanqoq o'yinchilar zarur, deydi Runi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports