Runi: “MYU Ronalduni qo'yib yuborishi kerak, hozir jamoa titul uchun kurasholmaydi”

Eldor Akmurzayev
7 avg 2022, 09:25
“Di Si Yunayted” ustozi Ueyn Runi sobiq jamoasi “Manchester Yunayted” haqida fikr bildirdi.

“Menimcha, “Manchester Yunayted” Ronaldu qo'yib yuborishi lozim. Gap u ten Xag jamoasida o'ynay olmasligida emas, u istalgan joyda harakat qiloladi va doimo gol uradi. Ammo hozir nazarimda MYU chempionlik uchun kurashishga tayyor emas, shu tufayli 3-4 yil mobaynida buni uddasidan chiqadigan jamoa tuzishni maqsad qilish kerak. Bunga esa reja zarur.

Agar Ronaldu haqiqatan ketishni xohlasa, MYU unga ruxsat berish va keyingi 3-4 mavsum davomida jamoada o'ynaydigan hamda muvaffaqiyatiga hissa qo'shadigan “to'qqizlik” bilan shartnoma imzolashi zarur. Ten Xagga biroz vaqt berish kerak”, deydi Runi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Times