Runi: "MYU chempion bo'ladi. Pogba esa bunda o'zining sezilarli hissasini qo'shadi"

Mirjalol Normatov
21 yanv 2021, 22:30
"Derbi Kaunti" bosh murabbiyi Ueyn Runi "Manchester Yunayted"ning APL chempionligi uchun imkoniyatlari haqida gapirdi.

"So'nggi yillarda "Manchester Yunayted" chempionlikka da'vogarlik qila olmayotgandi, biroq Fernandesh va Kavanining transferidan keyin ko'p narsa o'zgardi. Endi jamoa chempionlik uchun o'ynamoqda.

Olti hafta oldin kasbdoshlarimga "Manchester Yunayted" chempion bo'la oladi deb aytgandim. Hozir ham shunday fikrdaman. Bunda esa Pogba muhim rollardan birini ijro etadi. U o'zining mahoratini boshqalardan ko'ra ko'proq namoyish qilmoqda", - dedi Runi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal