Runi: "Kerak vaqtda MYUni tark etdim"

Mirjalol Normatov
15 noya 2018, 22:40
Angliya termasi hujumchisi Ueyn Runi "Manchester Yunayted"dagi faoliyati haqida gapirdi.

"MYUdagi faoliyatim anchagina yorqin bo'lgandi. Bu yerda men uzoq yillar to'p surdim. Biroq kerakli vaqtimda jamoani tark etdim.

Birinchidan, men faoliyatimni yakunlayotgan vaqtimda jamoada emasdim. Har doim jangovor o'yin ko'rsatishni istaydigan futbolchilardan biriman. Murabbiy bilan gaplashdim. U menga ko'p ham imkoniyat bermasligini aytdi. Shundan keyin men kerakli vaqtda jamoani tark etdim.

Faoliyatimni "Old Trafford"da tugatish ajoyib bo'lardi. Biroq futbol o'zgarmoqda", - dedi Runi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports