Runi jamoasiga MYU futbolchisini olib kelmoqchi

Mirjalol Normatov
15 iyul 2022, 20:23
"Di-Si Yunayted" bosh murabbiyi Ueyn Runi jamoasiga "Manchester Yunayted" futbolchisi Jessi Lingardni olib kelmoqchi.

"The Athletic" xabariga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar boshlangan. Ayni damda angliyalikning xizmatlariga MLSning boshqa klublari ham qiziqish bildirmoqda. 

O'tgan mavsumda Lingard APLning 16 o'yinida qatnashib, 2 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic