Runi "Derbi" safidagi debyut o'yinida golli pas berdi, jamoa 17-o'rinda bormoqda

Tolibjon Qosimov
3 yanv 2020, 12:25
Kecha Chempionshipda 26-tur bellashuvlariga yakun yasaldi.

Ingliz futboli afsonasi Ueyn Runi o'ynovchi murabbiy sifatida faoliyat boshlagan "Derbi Kaunti" o'z maydonida "Barnsli"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Bahsda mezbonlar tarkibida debyutini o'tkazgan Runi 45-daqiqada Jek Merriot kiritgan golga pas berdi. Yarim himoyada to'p tepgan Ueyn o'yinda 90 daqiqa harakat qildi.

"Wazza" jamoani sardor sifatida maydonga boshlab tushdi.


"Derbi Kaunti"da niderlandiyalik sobiq futbolchi Filip Koku bosh murabbiylik qilmoqda, Runi esa o'ynovchi murabbiy sifatida faoliyatini boshladi.


"Derbi" ayni paytda Chempionshipda 24 jamoa orasida 33 ochko bilan 17-o'rinda bormoqda. Birinchi va ikkinchi pog'onalarni bo'lishib turgan "Lids" hamda "Vest Bromvich" hisobida 52 ochkodan bor.

Derbiliklar 27-turda turnir jadvalida o'zlaridan bir pog'onada yuqorida ketayotgan va oxirgi to'rtta bahsda faqat g'alaba qozonib kelayotgan "Midlsbro" mehmoni bo'ladi.


Angliya Chempionship turnir jadvali >>>>> Chempionship

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia