Rummenigge: "Bavariya" raqiblarini mensimaslikka haqqi yo'q"

Aslanov Jasurbek
31 avg 2018, 13:56
"Bavariya" boshqaruv qo'mitasi raisi Karl-Xaync Rummenigge Chempionlar ligasi guruh bosqichiga tashlangan qur'a natijalari haqida fikr bildirdi.

Nemis grandi keyingi bosqich uchun "Benfika", "Ayaks" va AEK bilan kurashadi.

"Juda qiziq guruh bo'ldi, ushbu uchrashuvlarni sabrsizlik bilan kutyapman. Maqsadimiz 1/8 finalga chiqish. Ammo guruhdagi raqiblarimizni mensimaslikka haqqimiz yo'q. O'tgan yili "Benfika"ga qarshi og'ir o'yinlar o'tkazganmiz. "Ayaks" - eski tanish, AEK bilan esa birinchi marta o'ynaymiz. Bu uch klub o'tgan mavsum o'z chempionatlarida qanchalik kuchli ekanligini ko'rsatdi. Agar pley-off bosqichiga chiqishni istasak bor e'tiborimizni ushbu vazifaga qaratishimiz lozim" - deydi Rummenigge.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbayern.de