Ruminiyalik mutaxassis Andijonda ish boshladi

Khoja
31 dek 2025
Ruminiyalik Augustin Edvard Chiritsa Andijonda jismoniy tayyorgarlik murabbiyi sifatida ishga kirishdi

U 1975 yilning 10 oktabr sanasida Ruminiyaning Stalina shahrida tavallud topgan.

Murabbiylik faoliyati mobaynida Ruminiyaning Vikoriya Brenesh, Qozog'istonning Ordabasi, shuningdek, yurtimizda Bunyodkor, So'g'diyona, Buxoro, Navbahor, Turon va Qizilqum klublarida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida ish olib borgan.

Bundan tashqari, u O'zbekiston milliy terma jamoasida mehnat qilgan.

Chiritsa endilikda Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi murabbiylar shtabiga qo'shildi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia