Rudi Jested - lanatlangan futbolchimi?

Narzulla Saydullayev
9 may 2017
Benin terma jamoasi hujumchisi Rudi Jestedning Angliya premer-ligasidagi ishlari hech yurishmaydida.

Gap shundaki Jested 2014 yil "Kardiff Siti" safida quyi ligaga tushib ketgandi.



2016 yilda u to'p tepgan "Aston Villa" klubi premer-ligani tark etgandi.



Qizig'i bu mavsum u "Midlsbro" safida o'ynadi. Kecha "Midlsbro" "Chelsi"ga yutqazib APLni tark etishi aniq bo'ldi...



Endi qaysidir APL klubi Rudi Jestedni o'z safida ko'rmoqchi bo'lsa yaxshilab o'ylab ko'rishi kerak shekilli.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fourfourtwo.com