Rudi Garsiya: Roma o'z guruhida autsayder ekani menga yoqmoqda

Narzulla Saydullayev
29 avg 2014
Roma bosh murabbiyi Rudi Garsiya YCHL guruh bosqichidagi raqiblarini bilib olganidan so'ng u qadar ranjimaganini ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, jalorossi guruhda Bavariya, Manchester Siti va SSKA bilan o'ynaydi.

Qur'a natijalariga ko'ra bizga kamida ikkita top-klassdagi jamoa tushishi aniq edi. Boshqacha bo'lishi mumkin emasdi.

Qur'a yaxshi. Guruhda autsayder ekanimiz menga yoqmoqda. SSKA – og'ir raqib, ular allaqachon mavsumni boshlab yuborishgan.

Guruhdan chiqish imkoniyatimiz qanday? Barcha Roma hech qaerga chiqa olmaydi deb hisoblamoqda, taxminchilarni ranjitishga urinamiz, – deydi Garsiya.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru