"Rubin" Vitaliy Denisov bilan xayrlashdi

Aslanov Jasurbek
11 yanv 2020
O'zbekiston terma jamoasi sobiq himoyachisi Vitaliy Denisov erkin agentga aylandi.

2019 yilning 20 iyunidan beri "Rubin" futbolchisi sifatida hisoblangan hamyurtimiz Tatariston klubi bilan shartnomani bekor qildi. Bu haqda "Rubin" rasmiy sayti e'lon qildi.

"Rubin" va 32 yoshli himoyachi Vitaliy Denisov ikkala tomonning kelishuviga ko'ra bitimni bekor qilishdi.

Denisov 2019 yilning iyunida "Rubin" bilan shartnoma imzolagan edi. Futbolchi bu vaqt ichida Premer-liganing 8ta, Rossiya Kubogining bitta uchrashuvida maydonga tushdi.

"Rubin" Vitaliy Denisovga klubda o'tkazgan vaqti uchun minnatdorchilik bildiradi va kelajakdagi faoliyatiga omad tilaydi" - deyiladi rasmiy bayonotda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia