

"Biz yangi jamoa tuzyapmiz va yana shunday jamoalarga qarshi kurashishga harakat qilyapmiz. Men o'zimni himoya qilmoqchi emasman, sizlarning savolingiz har doim bir xil. Biz yaxshiroq o'ynashimiz kerak.
O'tgan yili biz durang o'ynadik, keyin esa "Siti"ni mag'lub etdik. Bugun biz bazi jihatlarda yaxshiroq edik, lekin mayda detallar bo'yicha biz etarlicha yaxshi emasdik. Ayni damda sizga nima deyishni bilmayman. Biz jamoa tuzmoqdamiz va biz g'alaba qozonishni boshlashimiz kerak. Jamoamda barcha bor kuchi bilan harakat qilmoqda. Futbolchilar yanada yaxshiroq bo'lishlari mumkin", - dedi Amorim.



