Ruben Amorim: "Biz o'zgardik va anchagina kuchaydik"

Mirjalol Normatov
13 sen 2025, 08:33
Ruben Amorimning fikriga ko'ra, "Manchester Yunayted" o'tgan mavsumga qaraganda anchagina kuchaygan.

Yakshanba oqshomida mankunianliklar APLning 4-turida "Manchester Siti" mehmoni bo'ladi.

"Biz anchagina yaxshilandik deb o'ylayman. Agarda statistikalarga e'tibor beradigan bo'lsangiz, biz umuman boshqa jamoaga aylanganmiz.

Yakshanba kuni o'zimizni ko'rsatishga tayyormiz. Bugungi kunga kelib, kuchayganimizga ishonaman. Shu sababli jamoaga ishonyapman.

Bu juda zo'r o'yin bo'ladi. Hali oldinda mashg'ulotlar bor. Nimalar qilish kerakligini yaxshi bilaman.

Turnir jadvalining bu o'yinlarga ahamiyati bo'lmaydi. Biz o'z principlarimizni saqlab qolishimiz kerak. Biz har bir to'p uchun kurash olib borishimiz lozim", - dedi "qizil iblislar" ustozi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC