RPLning joriy mavsumida navbatdagi iste'fo

Eldor Akmurzayev
1 okt 2019
Ahmat klub ustozi Rashid Rahimov RPLning 11-tur Sochiga qarshi bahsdagi mag'lubiyatdan (2:0) keyin iste'foga chiqarildi.

Bu haqda jamoa rahbari Magomed Daudov ma'lum qilgan. 54 yoshli Rahimov Grozniy shahri klubi boshqaruviga 2018 yilning sentyabr oyida kelgan. Rahbariyat joriy mavsum mutaxassisga Yevropa Ligasi o'rinlari uchun kurashish vazifasini qo'ygandi. Biroq, Ahmat ayni payt musobaqa jadvalida 9 ochko bilan autsayderlar qatorida turibdi. 

Eslatib o'tamiz, kecha Spartak Moskva klubi ustozi Oleg Kononov ham qoniqarsiz natijalari bois vazifasidan ozod etildi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: fc-akhmat.ru