

Bahsda hisob 30 daqiqada Sardor Azmun tomonidan ochildi. U raqib darvzosiga blgilangan penaltini aniq amalga oshirdi. O'yinning so'nggi daqiqalarida esa Artem Dzyuba pasidan keyin Magomed Ozdoev oradagi farqni oshirdi va o'yin mexmonlarning ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi. Ushbu muvaffaqiyatdan keyin Sergey Semak shogirdlari 6 ochko to'plagan holda musobaqa jadvalida Ural bilan peshqadamlik qilishmoqda. Ulardan keyingi pog'onada esa Rostov joy olgan.
Sochi – Zenit 0:2 (0:1, 0:1)
Olimpiyskiy stadion Fisht
Gollar: 0:1 – 30, penalti Azmun, 0:2 – 88 Ozdoev.
Sochi – Zabolotnyy, Margasov, Nabiullin, Kudryashov, Callagov, Kazaev, Pesegov, Novoselcev, Burmistrov (Karapetyan, 60), Miladinovich (Yurganov, 46), Obuxov (Poloz, 72).
Zenit – Lunev, Duglas Santos, Ivanovich, Smolnikov (Terentev, 46), Rakickiy, Barrios, Eroxin (Dzyuba, 65), Ozdoev, Sutormin, Azmun (Jirkov, 83), Driussi.
Ogohlantirishlar: Miladinovich (29), Novoselcev (43).



