RPL. "Torpedo" o'z uyida "Krasnodar"ga yirik hisobda yutqazdi, Erkinov 70 daqiqa harakat qildi

Alisher
28 avg 2022, 21:25
RPL 7-tur doirasidagi "Torpedo" - "Krasnodar" o'yini bo'lib o'tdi.

Mezbonlarning o'zbekistonlik xavbeki Hojimat Erkinov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 70 daqiqa harakat qildi. Uning jamoasi esa raqibga imkoniyatni boy berdi.

"Torpedo" shunday qilib RPLda 7ta turda atigi bir ochko jamg'argan holda, "Ural" bilan birga jadvalning quyi pog'onasida bormoqda.


"Torpedo" - "Krasnodar" 1:4

Gollar: 0:1 – 31 Spercyan, 0:2 – 44 Spercyan, 0:3 – 54 Kordoba, 1:3 – 59, avtogol Krivcov, 1:4 – 90 Axmetov.

"Torpedo": Baburin, Smolnikov, Netfullin, Kojemyakin, Proshkin (Ryazancev, 70), Samsonov, Erkinov (Turishev, 70), Pomerko (Reyxmen, 46), Enin, Lebedenko, Laptev (Karaev, 46).

"Krasnodar": Safonov, Borodin, Pantaleao (Litvinov, 81), Ramires, Chernikov, Spercyan (Banyac, 72), Krivcov, Volkov, Ionov (Samko, 72), Kordoba (Manelov, 81), Olusegun (Axmetov, 86).

Ogohlantirishlar: Pomerko (43), Borodin (65), Pantaleao (75).


RPL TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia