RPL qaytishi mumkin bo'lgan sana e'lon qilindi

Mirjalol Normatov
3 apr 2020, 19:29
Rossiyadagi jurnalist Sergey Egorov RPL o'yinlarining boshlanishi mumkin bo'lgan sanani ma'lum qildi.

"Rossiya chempionatining davom ettirilishi borasidagi eng optimistik ssenariy iyunning boshlariga to'g'ri keladi. Eng pessimistik variant esa iyul oyining 20-sanasi", - deb yozadi Egorov.

Eslatib o'tamiz, UEFA rasmiy xat orqali klublarga kamida 3 avgustga qadar chempionatlarni o'ynamaslik borasida iltimos bilan chiqqan. Rossiyada ayni damda 4 mingga yaqin inson koronavirus bilan zararlangan. 34 kishi esa vafot etgan

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sports.ru