

"Nijniy Novgorod" o'z maydonida SSKAni qabul qilib, jangovar durang qayd etdi. 60-daqiqagacha 0:2 hisobida ortda borayotgan jamoa Suleymanovning dubli evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi. Quvonarlisi, birinchi golda Ibrohimhalil Yo'ldoshev assistent vazifasini bajardi.
Pari NN – SSKA 2:2
Nijniy Novgorod stadioni
Gollar: 0:1 – 15 Chalov, 0:2 – 22 Kuchaev, 1:2 – 60 Suleymanov, 2:2 – 85 Suleymanov.
Pari NN – Nigmatullin, Kornyushin, Gocuk, Kakkoev, Aleksandrov, Yo'ldoshev (Stockiy, 79), Kalinskiy, Rybchinskiy (Suleymanov, 58), Mayga, Krotov (Berkovskiy, 79), Milson (Sharipov, 90).
SSKA – Akinfeev, Gayich, Nababkin, Zaynutdinov, Diveev, Oblyakov, Kuchaev (Zdelar, 77), Muxin (Yakovlev, 85), Medina (Ermakov, 66), Karraskal, Chalov (Zabolotnyy, 66).
Ogohlantirish: Kalinskiy (21).




