RPL. 12ta sariq, 3ta qizil ko'rsatilgan bahsda “Lokomotiv”ning qo'li baland keldi

Eldor Akmurzayev
21 iyun 2020, 21:30
Rossiya chempionati 23-turidan o'rin olgan bellashuv yakunlandi.

Moskvadagi uchrashuv keskin kurashlarga boy tarzda o'tdi. Mezbonlar safida qo'polligi uchun Rifat Jemaletdinov qizil olgan bo'lsa, raqiblardan Daniel Mishkich va Andrey Malix maydondan chetlatilgan. Bahsdagi yagona gol mualliifi esa yarim himoyachi Aleksey Miranchuk bo'ldi. 90+4 daqiqada Eder "Orenburg" darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshira olmagan.

“Temiryo'lchilar” mazkur g'alabadan keyin ochkolari sonini 44taga etkazib, 2-o'rinni mustahkamlab oldi.

Lokomotiv – Orenburg 1:0 (1:0, 0:0)

 stadion Lokomotiv

Gol: 1:0 – 38 Miranchuk.

Lokomotiv – Gilerme, Rybus, Chorluka, Serkeyra, Ignatev, Kryxovyak, Barinov, Miranchuk, Joau Mariu (Idovu, 90), Jemaletdinov, Eder.

Orenburg – Klimovich, Zotov, Malyx, Radakovich, Shaxov (Fameye, 46), Chernyx (Lipovoy, 62), Ayupov (Chukanov, 82), Rikardu Alvesh, Mishkich, Sivakov, Silla.

Ogohlantirishlar: Jemaletdinov (19), Mishkich (41), Serkeyra (52), Malyx (57), Silla (63), Fameye (70), Ayupov (71), Barinov (79), Zotov (80), Chukanov (90).

Chetlatishlar: Jemaletdinov (45), Mishkich (58), Malyx (84).

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia