RPL. SSKA o'z uyida mag'lubiyatdan qutulib qoldi, Abbos Fayzullayevdan golli uzatma

Sherzod Nurmatov
16 sen 2023, 18:04
Rossiya chempionati 8-turidan joy egallagan SSKA – "Krilya Sovetov" bahsi yakunlandi.

SSKA o'z uyida "Krilya Sovetov"ni mehmon qildi va jangovar durang qayd etdi. Quvonarlisi, ikkinchi taymda maydonga tushgan Abbos Fayzullayev o'z pasi orqali jamoasi ikkinchi golni urishida hissa qo'shdi (VIDEO) va moskvaliklar mag'lubiyatdan qutulib qoldi.

RPL

8-tur

SSKA – Krylya Sovetov 2:2

VEB Arena

Gollar: 0:1 – 2 Rasskazov, 0:2 – 22 Saltikov, 1:2 – 32, penalti Zabolotniy, 2:2 – 75 Chalov.

SSKA – Akinfeev, Xelven, Nababkin (Chalov, 59), Moyzes (Agapov, 21), Villian Rosha, Gayich, Glebov, Zdelar, Kuchaev (Muxin, 46), Oblyakov, Davila (Fayzullayev, 46), Zabolotniy.

Krylya Sovetov – Lomaev, Beyl, Soldatenkov, Evgenev, Gorshkov, Rasskazov, Fernando, Raxmanovich (Pisarskiy, 71), Babkin (Vityugov, 81), Saltikov, Shitov (Xubulov, 72; Ushakov, 89).

Ogohlantirishlar: Lomaev (31), Villian Rosha (37), Zdelar (40), Fernando (66), Beyl (87).

Chetlatishlar: Villian Rosha (62), Soldatenkov (90).


Fayzullayev ushbu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

SSKA 8 turdan so'ng 12 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda. "Armiyachilar"ning keyngi uchrashuvi 20 sentyabr kuni "Sochi"ga qarshi kechadi.

O'xshash yangiliklar

Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia