RPL. 8 daraja sovuqda o'tadigan bahsga 10 ming muxlis kelishi kutilmoqda

Aslanov Jasurbek
3 dek 2018, 15:40
Bugun, 3 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:30da Tulaning "Arsenal" hamda "Zenit" o'rtasidagi Rossiya Premer-ligasining 16-tur uchrashuviga start beriladi.

Bu vaqtda shaharda havo -8 darajani ko'rsatishiga qaramasdan, uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga 10 ming nafar muxlis tashrif buyurishi kutilmoqda. Ularning 700 nafari mehmon jamoani qo'llab-quvvatlaydi.

"Zenit" oq, "Arsenal" esa qizil formada o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru