Ro'ziqul Berdiev: "Qizilqum" bugun xaqli g'alabaga erishdi"

Narzulla Saydullayev
10 noya 2018, 20:57
“Qizilqum” – “Nasaf” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev quyidagicha fikr bildirdi:

- “Qizilqum” jamoasining birinchi golgacha o'yini qovushmadi. Dastlabki gol raqibimizga ruhiy ustunlik berdi va o'yini kuchayib ketdi. Jamoamiz esa yaratgan imkoniyatlardan foydalana olmadi. “Qizilqum” esa yaratgan vaziyatlarini golga aylantira oldi. Bu jamoada tajribali futbolchilar etarli, ular qulay vaziyatlarni qo'ldan chiqarmaydi. Raqibimiz bugun xaqli g'alabaga erishdi, bu bilan ularni tabriklayman. Biz bu o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan edik. Ammo bugun g'alabaga tortadigan o'yin ko'rsata olmadik. Qolaversa, bugun bazi yetakchi o'yinchilarimiz bizga yordam bera olishmadi, - dedi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz