Ro'ziqul Berdiev O'zbekiston kubogini 4 marta qo'lga kiritgan ikkinchi murabbiy

Narzulla Saydullayev
12 noya 2023, 20:39
Qarshining "Nasaf" klubi O'zbekiston kubogi finalida OKMKni mag'lub etdi.

Shunday qilib, "ajdarlar" ustozi Ro'ziqul Berdiev murabbiy sifatida to'rtinchi marta mamlakat kubogini qo'lga kiritdi.

Berdiev 2015, 2021 va 2022 yillarda ham "Nasaf" bilan ushbu musobaqani yutgandi. 

Bunga qadar murabbiy sifatida 4 bor kubokni qo'lga kiritgan Viktor Jalilov mutlaq rekordchi edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia