

Bugungi o'yinda asosiy maqsadim yarim finalga chiqish edi. Bu bilan jamoamiz muxlislari va futbolchilarimizni tabriklayman. Bugun jangovor ruhdagi o'yin bo'ldi. Mezbonlarning 2:0dan keyin oldinga o'tib ketishlari bizga qo'l keldi. Qarshi hujumda ikkita gol urdik. Bugun jamoamizga yangi qabul qilingan futbolchilar yaxshi o'ynashdi. Jasur Hasanov zaxiradan maydonga tushib, o'ziga bildirilgan ishonchlarni oqladi.




