Ro'ziqul Berdiev ishtirokida matbuot anjumani o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
8 noya 2017, 10:55
10 noyabr kuni soat 15:00da poytaxtimizdagi Miran mehmonxonasida O'zbekiston Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ro'ziqul Berdiev bilan matbuot anjumani bo'lib o'tadi.
Tadbirda O'FF va PFLda akkreditatsiyadan o'tgan OAV vakillari ishtirok etadi.

Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi 10-11 noyabr kunlari Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazadi. 12 noyabr kuni esa milliy terma jamoa a'zolari BAA terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazish uchun jo'nab ketishadi.

Ro'ziqul Berdiev BAAga qarshi o'rtoqlik o'yiniga 23 nafar futbolchini taklif etgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston hamda BAA milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'yin 14 noyabr kuni Al-Ayn shahridagi “Xalifa Bin Zayd” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com