Ro'ziqul Berdiev: “Barcha muxlislarimizni samimiy tabriklaymiz”

Narzulla Saydullayev
31 may 2017, 07:40
“Nasaf” – “Paxtakor” uchrashuvi nihoyasiga etgach. Jamoamiz ustozi Ro'ziqul Sadullaevich har doimgidek o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

- Avvalo jamoamizni doim qo'llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimizni, umuman jamoamizga befarq bo'lmagan barcha futbol ishqibozlarini,  O'zbekiston Kubogining keyingi bosqichiga chiqqanimiz bilan samimiy tabriklayman. Ularga tashakkurimizni va tabrigimizni  etkazib qo'yasizlar degan, umiddaman. Nasib etsa, bunday muxlislarimizni keyingi bosqichda ham xursand qilishga harakat qilamiz. O'yin haqida to'xtaladigan bo'lsam, bugun biz tartibli o'yin namoyish qildik. Maqsadimiz g'alaba qozonish edi, buni yigitlar uddalashdi. Zaxiradan maydonga tushgan o'yinchilarimiz ham, o'yinimizni kuchaytira olishdi. Bir so'z bilan aytganda, barcha futbolchilarimiz ko'rsatmalarimizni to'liq bajarishdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz