Ro'ziqul Berdiev Aliqulov markaziy hujumga o'tkazilgani haqida: “Bu uchinchi variantimiz edi”

Eldor Akmurzayev
31 okt 2022, 08:25
O'zbekiston Kubogi finalida “Navbahor” ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin “Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Albatta, bundan juda ham xursandmiz (ketma-ket 2 bor kubok g'olibligi haqida), lekin asosiy maqsadimiz hali oldinda va unga harakat qilamiz.

- Kecha tavakkal qilmayman degandingiz. Ammo 2-taym oxirida Husniddin Aliqulov markaziy hujumchiga aylandi.

- Bu uchinchi variantimiz edi. Kecha matbuot anjumanida so'raganingizda shuni nazarda tutgandim. Shunda ham ko'rdingiz, vaziyat yarata oldik.

- Superliga yo'lida uchta o'yin qoldi. Eng qiyin raqib sifatida kimni ko'rmoqdasiz?

- Uchchalasini ham. Chunki, har bir uchrashuvimiz final darajasida o'tmoqda. Ko'ryapsiz, hech bir jamoani osonlikcha yutganimiz yo'q. Shu tufayli, uchchalasiga ham jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz.

Faxriddin Ro'ziev yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia