Ro'zimboy Ahmedov: "Xorij klublari bilan muzokaralar davom etmoqda"

Aziz Tukhtamuradov
5 yanv 2016, 18:20
O'tgan mavsum jamoa sharafini himoya qilgan Ro'zimboy Ahmedov faoliyatini xorijda davom ettirishga yaqin.

Albatta “Neftchi” muxlislarini Ro'zimboyning keyingi taqdiri qiziqtirishi tabiiy. Biz esa futbolchi bilan bog'landik va  so'nggi ma'lumotlarni olishga muvaffaq bo'ldik.

- Ayni paytda Toshkentdaman, - deb gap boshladi Ro'zimboy. – Hozircha 2 ta xorij jamoasidan taklif bor. Agentlarim ayni paytda ular bilan muzokaralar o'tkazmoqda. Agar kelishuvlar muvaffaqiyatli amalga oshsa, xorijga yo'l olaman. Aynan qaysi jamoa bilan muzokara borayotgani haqida ma'lumot bera olmayman. Barchasi rasman hal bo'lgani yo'q. Agar xorijga yo'l olmasam, “Olmaliq” jamoasidan ham taklif bor. Hammasini vaqt ko'rsatadi, - deydi Ro'zimboy Ahmedov.

“Neftchi” PFK matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia