Roys uchun mavsum yakunlangan. U so'nggi 8 mavsumda 981 kunni maydon tashqarisida o'tkazdi

9 iyun 2020, 23:28
Dortmundning "Borussiya" klubi sardori Marko Roys ushbu mavsum yakuniga qadar maydonga qaytishi dargumon.

Futbolchining jarohati kutilganidan jiddiyroq bo'lishi mumkin. Hattoki, uning jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo'lish ehtimoli ham yo'q emas.

Germaniya terma jamoasi a'zosi oxirgi marta 4 fevralda o'tkazilgan Bremenning "Verder" klubiga qarshi o'tkazilgan uchrashuvda maydonga tushgan va jarohatga yo'liqqan edi. 

Ma'lumot uchun, Marko Roys so'nggi 8 mavsumning 981 kunini turli jarohatlar tufayli o'tkazib yuborgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild