

70 yoshli mutaxassis bilan ikki yillik shartnoma tuzilgan.
Xojson 2016 yilgi Yevropa chempionatidan keyin Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligida iste'foga chiqarilgan va shu paytgacha murabbiyi ishsiz yurgandi.
APLda u ilgari “Blekbern”, “Fulxem”, “Liverpul” va “Vest Bromvich” klublarida ishlagan.
“Kristal Pelas” jamoasi bosh murabbiyligi klubni Frank de Bur tark etgach, bu lavozim bo'sh turgandi.
“Burgutlar” joriy mavsumda APLda qatorasiga to'rtta o'yinda mag'lub bo'lishdi va biror marotaba ham raqib darvozasiga gol ura olishmadi.



