Rostovda futbol to'pi ko'rinishidagi bekatlar paydo bo'ladi

Aslanov Jasurbek
2 fev 2017, 20:14
Rostovda Don davlat universiteti rezidentlari futbol to'pi ko'rinishida ekologik shahar transporti bekati loyihasini ishlab chiqishdi.

Bunday original obektlar futbol bo'yicha 2018 yilda bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga qurish tavsiya etilmoqda.

"O'simliklar bo'lishiga qaramasdan, unga ko'p parvarish talab etilmaydi. To'p ko'rinishidagi gumbazda yomg'irni yig'ish va avtomatik tarzda o'simliklarni sug'orish tizimi bo'ladi. Standart konstrukciyaning diametri 5 metrni tashkil qiladi, ammo uni bir necha marta kattalashtirish mumkin" - deydi Don davlat universiteti vakili Pavel Gerasin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com