"Rostov" "Sochi" bilan o'yinga 2003 yil jamoasini yubormoqchi

Alisher
19 iyun 2020, 11:08
RPL 23-turi doirasidagi "Sochi" - "Rostov" o'yini mehmonlar tarkibida koronavirusga chalinganlar bo'lsa ham bugun bo'lib o'tishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, o'yinning o'tkazilish ehtimoli katta. Agar o'yinni o'tkazishga kelishilsa, "Rostov" Sochiga 2003 yil jamoasi bilan yo'l oladi.

Eslatib o'tamiz, "Rostov"da 6 nafar o'yinchi koronavirusga chalingan va jamoa karantida.

Rossiya Premer-ligasi doirasidagi "Sochi" - "Rostov" o'yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanishi kerak.

Oldinroq, RFI "Sochi" o'yinni ko'chirishdan bosh tortgan taqdirda, "Rostov"ga texnik mag'lubiyat yozilishini xabar qilgan edi.

→ “Sochi” “Rostov” bilan o'yin qoldirilishiga qarshi va texnik mag'lubiyat talab qilyapti. Valeriy Karpin bilan katta intervyu

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com