“Rostov” – “Molde” bahsi yakunlandi, Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi

Eldor Akmurzayev
19 fev 2020, 21:55
“Rostov” Ispaniyada navbatdagi nazorat uchrashuvini Norvegiyaning amaldagi chempioni “Molde”ga qarshi o'tkazib, minimal hisobda (0:1) engildi.

Uchrashuvdagi yagona gol 4-daqiqada “Molde” 36 yoshli hujumchisi Mattias Mostryom tomonidan urilgan. O'yinni zaxiradan boshlagan Eldor Shomurodov 63-daqiqada Danila Proshlyakov o'rniga maydonga tushdi.

Valeriy Karpin shogirdlarining keyingi nazorat bahsi 23 fevral kuni “Krasnodar”ga qarshi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. 

"Rostov" (Rossiya) – "Molde" (Norvegiya) 0:1 (0:1, 0:0)

20:00, Ispaniya, Marbelya.

Gol: Mostryom 4

"Rostov": Rudakov – Chistyakov (Kozlov, 63), Xadjikadunich (Osipenko, 46), Larchenkov (Livadnov, 46), Vedernikov (Chernov, 66) – Bayramyan (Normann, 46), Cherkes (Popov, 63), Saplinov (Eremenko, 63) – Zaynutdinov (Osinov, 46), Dolgov (Mamaev,63), Proshlyakov (Shomurodov, 63).

Zaxirada qolganlar: Pesyakov, Ionov, Gulevskiy, Logashov, Morozov.  

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia