“Rostov” joriy yildagi ilk transferni amalga oshirdi

Eldor Akmurzayev
9 yanv 2020, 19:20
“Tambov” himoyachisi Maksim Osipenko rasman “Rostov” a'zosiga aylandi.

25 yoshli futbolchi bilan kelishuv 4,5 yilga mo'ljallangan bo'lib, uning transfer summasi 700 ming evroga baholagan. Osipenko 2019 yil “Fakel” klubidan “Tambov” safiga o'tdi va shu vaqt oralig'ida jamoa libosida 17 o'yinda qatnashib, bitta gol urishga erishdi.
Ma'lumot o'rnida, ushbu futbolchi rostovliklarni yaqindagina tark etgan tajribali himoyachi Ragnar Sigurdssonga o'rinbosar sifatida olib kelingani aytilmoqda.

 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: instagram.com/fcrostov