"Rostov" Ionov bilan hamkorlikni davom ettiradi

Yarim himoyachi Aleksey Ionov "Rostov" bilan hamkorlik bitimini uzaytirdi.

"Rostov" va Rossiya terma jamoasi futbolchisi Aleksey Ionov klubimiz bilan shartnomani uzaytirdi. Jamoamiz yetakchilaridan yana biri "ko'k-sariqlar" sharafini himoya qilishda davom etishidan xursandmiz", – deyiladi klub bayonotida.

"Rostov" safida uchinchi mavsumini o'tkazayotgan 30 yoshli vinger muqaddam "Zenit", "Kuban", "Anji", "Dinamo" va SSKA klublari sharafini himoya qilgan edi.


Manba: twitter.com/rostovfc