"Rostov" bosh murabbiyi uchrashuvdan so'ng Shomurodov haqida fikr bildirdi

Eldor Akmurzayev
6 may 2019, 00:10
Rossiya chempionatining 27-turida Rostov o'z maydonida Krasnodar bilan muraosa (1:1) yo'lini tanladi.

Zaxiradan maydonga tushirilgan Eldor Shomurodov 89-daqiqada Roman Eryomenkoning pasidan so'ng, boshi bilan chiroyli tarzda raqib darvozasini ishg'ol etdi. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Valeriy Karpin fikrlari bilan bo'lishdi.

Shomurodov zaxiradan o'yinga qo'shilib, o'yinga ta’sir o'tkaza oldi. Sababi, u kuchga to'lgan holda maydonga tushdi va zaxiradagi futbolchilarning barchasidan shu talab etiladi. U gol urishdan tashqari, uzatmalarni qabul qilishi, raqiblarga qiyinchilik tug'dirishi, jamoadoshlariga erkinlik yaratishi kerak edi va hammasini ijobiy bajardi, – deya qayd etgan Karpin.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia