Rossiyaning O'zbekistonga keladigan tarkibi ma'lum

Narzulla Saydullayev
19 may 2017, 09:00
27 may kuni Olmaliq shahrida O'zbekiston va Rossiyaning U-21 terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Bellashuv OKMK sport majmuasida 18:00 da boshlanishi ko'zda tutilgan.

Mazkur o'yin uchun Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Evgeniy Bushmanov quyidagi futbolchilarni jalb etdi:

Darvozabonlar: Igor Leshuk (Dinamo Moskva), Igor Obuxov (Tyumen), Ilya Pomazun (SSKA Moskva).

Himoyachilar: Aleksandr Dovbnya (Etnikos Kipr), Nikita Kalugin (Dinamo Moskva), Aleksandr Lixachev, Shamsiddin Shanbiev (ikkisi - Spartak-2 Moskva), Evgeniy Nazarov (Krasnodar-2), Nikita Chernov (Enisey Krasnoyarsk), Pavel Shakuro (Tyumen), Denis Yakuba (Kuban Krasnodar).

Yarim himoyachilar: Ilzat Axmetov, Rifat Jemaletdinov (ikkisi - Rubin Qozon), Zelimxan Bakaev (Spartak-2 Moskva), Dmitriy Barinov (Lokomotiv Moskva), Igor Bezdenejnix, Ivan Oblyakov (ikkisi - Ufa), Ayaz Guliev (Anji Maxachqala), Ilya Jigulev (Krasnodar), Aleksandr Zuev (Krilya Sovetov Samara), Oleg Lanin (Enisey Krasnoyarsk), Daniil Fomin (Krasnodar-2).

Hujumchilar: Georgiy Melkadze (Spartak-2 Moskva), Fedor Chalov (SSKA Moskva).


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia